Oʻzbekiston 2025-yilda 10,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan arab xurmosi import qilgan

11:19 19 Fevral 2026 Iqtisodiyot
418 0

2025-yilda Oʻzbekistonga 19 ta davlatdan qiymati 10,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 13 983 tonna arab xurmosi import qilingan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Oʻtgan yilda Oʻzbekistonga eng koʻp arab xurmosi yetkazib bergan davlatlar quyidagicha taqsimlangan:

  • Eron – 11 ming tonna;
  • Tunis – 809,6 tonna;
  • Turkiya – 416 tonna;
  • Saudiya Arabistoni – 327,9 tonna;
  • Qozogʻiston – 229 tonna;
  • Ozarbayjon – 223,5 tonna;
  • BAA – 216,9 tonna;
  • Boshqa davlatlar – 768,7 tonna.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, import hajmi 2024-yilga nisbatan 3,4 ming tonnaga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер