Oʻzbekiston 2 oyda 414 227 dona telefon import qilgan

09:22 01 Aprel 2022 Jamiyat
539 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 30,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 414 227 dona mobil telefon import qilgan.

Telefon importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 164 541 donaga oshgan.

Oʻzbekiston 8 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.

Oʻzbekiston 2 oyda mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 309 356 dona;

— Vyetnam – 60 595 dona;

— BAA – 26 216 dona;

— Hindiston – 14 716 dona;

— Qozogʻiston – 3 323 dona.

Oylar kesimida telefon importi:

— yanvar oyida – 129 766 dona;

— fevral oyida – 284 461 dona.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер