Oʻzbekiston 2 oyda 1,6 mln dollarlik kofe import qildi

11:24 15 Aprel 2026 Iqtisodiyot
195 0

2026-yilning yanvar fevral oylarida Oʻzbekistonga 20 ta xorijiy davlatdan qiymati 1,6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 136,2 tonna kofe import qilingan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Joriy yilning dastlabki ikki oyida Oʻzbekistonga eng koʻp kofe yetkazib bergan davlatlar roʻyxatida Italiya yetakchilik qilmoqda. Ushbu mamlakatdan 46,3 tonna kofe olib kelingan.

Shuningdek, Efiopiyadan 26,7 tonna, Vyetnamdan 15 tonna, Germaniyada 14,8 tonna, Rossiyadan 14,2 tonna hamda boshqa davlatlardan 19,2 tonna kofe import qilingan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 65,4 tonnaga yoki 32,4 foizga kamaygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?