Oʻzbekiston 17,3 ming tonna shaftoli eksport qilgan
Illustrativ foto
Oʻzbekiston 17,3 ming tonna shaftoli eksport qilgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning 6 oyida xorijga qiymati 18,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 17,3 ming tonna shaftoli eksport qilgan.
Shaftoli eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 8,5 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 6 oyi davomida Oʻzbekiston shaftoli eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 14 ming tonna
Qozogʻiston – 1,8 ming tonna
Qirgʻiz R. – 1,5 ming tonna
Turkmaniston – 83 tonna
Belarus – 52 tonna
Mongoliya – 6 tonna
BAA – 2 tonna
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring