Oʻzbekiston 10 ta metro poyezdi sotib oladi
Vazirlar Mahkamasining «Toshkent metropoliteni uchun oʻnta toʻrt vagonli metro poyezdlarini xarid qilish» loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Oʻnta toʻrt vagonli metro poyezdlarini xarid qilish loyihasini TIAning asosiy texnik- iqtisodiy koʻrsatkichlari;
- “VEB.RF” davlat rivojlanish korporatsiyasi bankining krediti boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali;
- «Roseksimbank» AJ krediti boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali.
Loyihaning TIAga asosan:
- umumiy qiymat (ekvivalentda) 63,7 mln yevro ni tashkil etadi, undan:
- 8,7 mln yevro – davlat byudjeti mablagʻlari;
- 30,5 mln yevro – “VEB.RF” Rossiya davlat rivojlanish korporatsiyasining krediti;
- 24,5 mln yevro –«Roseksimbank» AJ krediti.
“VEB.RF” krediti 11 yil muddatga, «Roseksimbank» krediti esa - 12 yil muddatga taqdim etilgan.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga Toshkent metropoliteni uchun «Metrovagonmash» AJdan (Rossiya Federatsiyasi) toʻrt vagonli metro poyezdlarini 1-dekabrga qadar olib kelinishi topshirildi. Loyiha boʻyicha bitim Toshkent shahrida 5-7-aprel kunlari oʻtkazilgan INNOPROM xalqaro sanoat koʻrgazmasida imzolangan.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 12.07.2021-yildan kuchga kirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring