«Oʻzbekgidroenergo» va «Roseksimbank» oʻrtasida yangi GESlarni qurish borasida kelishuv imzolandi

18:35 06 Aprel 2021 Iqtisodiyot
943 0

«Oʻzbekgidroenergo» AJ tomonidan yangi GESlarni qurilishini moliyalashtirish maqsadida Rossiya Federatsiyasining «Roseksimbank» AJ (Rossiya eksport-import sohasida ixtisoslashtirilgan banki) hamkorligida kelishuv imzolandi. 

Gidroenergetika sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida, Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida Pskem daryosida 140 MVt quvvatga ega «Mullalak» GESini, Namangan viloyatidagi katta Andijon kanalida quvvati 51 MVt boʻlgan kichik GESlar kaskadi, yaʼni Kugay-1, Kugay-2, Beshqoʻrgʻon-1 va Beshqoʻrgʻon-2 kichik GESlarni moliyalashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

«Oʻzbekgidroenergo» AJ hamda «Roseksimbank» AJ tomonidan umumiy qiymati 340 mln. dollar boʻlgan yangi loyihalarni toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlar orqali moliyalashtirilishi koʻzda tutilgan.

Ikki tomonlama boʻlib oʻtgan uchrashuvda Rossiya Federatsiyasining «Roseksimbank» AJ Boshqaruvi raisi Azer Talыbov hamda Jamiyat Boshqaruvi raisi Abdugʻani Sanginov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar borasida oʻzaro fikr almashdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер