Oʻzbek-tojik kinoijodkorlaridan mega loyiha
Xalqaro kinofestivallar laureati Yusuf Raziqov Toshkent kinofestivalida oʻzbek-tojik kino loyihasini taqdim etadi.
“Ipak yoʻli durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Navoiy va Jomiy” oʻzbek-tojik qoʻshma filmi taqdimoti boʻlib oʻtadi. Film Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va “Tojikfilm” davlat muassasasi hamkorligida yaratilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, film yaratish boʻyicha memorandum Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va “Tojikfilm” kinostudiyasi rahbariyati oʻrtasida 2021-yilda oʻtkazilgan XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida imzolangan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring