“Oʻzbek tilining izohli lugʻati” taqdimoti boʻlib oʻtdi

13:22 23 Iyul 2023 Jamiyat
1125 0

Bugun Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Respublika oʻquv seminari doirasida oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va maktabdan tashqari taʻlim sifatini oshirish yoʻnalishida oʻquv seminarlari boʻlib oʻtdi.

Unda bu yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar, yangiliklar haqida soʻz bordi. Seminar qizgʻin bahs-munozaralarga boy holda oʻtib, ishtirokchilarning savol va takliflari tinglandi.

Kunning ikkinchi qismida esa “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” taqdimoti va “Alifbo tartibidagi olam” – “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”ning yaratilishi haqida qisqa film namoyishi boʻlib oʻtdi.

Taqdimot davomida Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Jonuzoq tomonidan izohli lugʻatning yaratilish jarayoni haqida ishtirokchilarga batafsil maʻlumot berildi.

Shundan soʻng, tadbirning taqdirlash marosimi boʻlib oʻtib, vazirlikning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlar matbuot kotiblari hamda ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер