O‘zbek tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan kitob
Mamlakatimizning Misrdagi elchixonasi ingliz tilida “Uzbek Language: Complete Self-Study Guide in 22 Lessons” qo‘llanmasini chop etdi.
Ushbu elchixona mas’ul xodimi Otabek Alimov muallifligidagi mazkur qo‘llanma o‘zbek tilini soddalashtirilgan uslubda o‘rgatishga mo‘ljallangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz tilidagi nashr 400 nusxada chop etilgan bo‘lib, elchixona tomonidan ushbu kitob Misrdagi kutubxonalar, o‘zbek tilini o‘rganayotgan Qohira universiteti talabalari orasida tarqatilmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning boshqa davlatlardagi elchixonalari orqali o‘zbek tili o‘qitiladigan xorijiy universitetlarga ham yetkazish rejalashtirilgan.
Ushbu kitobda O‘zbekiston va uning qadimiy shaharlari, buyuk tarixiy shaxslari to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar ham mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring