Oʻzbek kursantlari xalqaro olimpiadada sovrindor boʻldi

17:48 20 May 2019 Jamiyat
1494 0

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasining kursantlari MDHga aʼzo davlatlar harbiy oliy taʼlim muassasalari kursantlari oʻrtasida oʻtkazilgan harbiy-professional tayyorgarlik boʻyicha Xalqaro olimpiadada ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Xalqaro olimpiadaning mazkur yoʻnalishi boʻyicha birinchilik Ryazan desantlar tayyorlash bilim yurti vakillariga nasib etdi. Kuchli uchlikka Qirgʻiziston qurolli kuchlari Harbiy instituti kursantlaridan iborat jamoa yakun yasadi.

Sovrindor kursantlarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Marosimda Qurolli Kuchlar akademiyasi jamoasi, kursantlarning qarindoshlari va yaqinlari ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер