O‘zbek imo-ishora tili bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-407-son qarori ijrosi yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan O‘zbek imo-ishora tiliga asoslangan daktil alifbosini ishlab chiqish, shuningdek xalqaro imo-ishora tilini o‘rgatish hamda imo-ishora tilini va Brayl alifbosini bilish darajasini sertifikatlash tizimini joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Karlar va Ko‘zi ojizlar jamiyati rahbarlari, Innovatsion rivojlanish agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Nizomiy nomidagi TDPU hamda Chirchiq davlat pedagogika universitetlaridan malakali mutaxassislar ishtirok etishdi.
Yakunda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan qo‘shma qaror imzolanishiga kelishib olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring