Yirik sanoat korxonalarida 86 trln. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqariladi

18:10 03 Avgust 2021 Iqtisodiyot
951 0

Videoselektor yigʻilishida ikkinchi yarim yillikda yirik tarmoq sanoat korxonalarida 86 trillion soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlash zarurligi qayd etildi. Jumladan, “Oʻzbekneftgaz” mutasaddilariga 9 oy yakuni bilan 25,4 milliard kub metr va yil oxirigacha – 34,1 milliard kub metr tabiiy gaz qazib chiqarishni taʼminlash vazifasi berildi.

“Oʻzavtosanoat” tizimida investitsiya dasturiga asosan 11 ta loyiha doirasida jami 153 million dollarlik mablagʻlarni oʻzlashtirish, mahsulot tannarxini 925 milliard soʻmga yoki 2,6 foizga pasaytirish, eksport hajmini yil yakuniga qadar 385 million dollarga yetkazish yoki 1,7 barobarga oshirish choralari koʻriladi.

Shuningdek, “Minsk traktor zavodi”dan kelayotgan traktorlarning mahalliylashtirish darajasini yil oxiriga qadar 25 foizgacha yetkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер