Oʻzaro janjal sabab xotinini pichoqlab oʻldirgan erkak qoʻlga olindi

15:47 13 Fevral 2025 Jamiyat
471 0

Foto: Illustrativ

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanida yashovchi fuqaro turmush oʻrtogʻini pichoqlab oʻldirganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati Prokuraturasi izoh berdi.

Unga koʻra, joriy yilning 5-fevral kuni fuqaro S.M. shaʼriy nikohidagi turmush oʻrtogʻi J.M. bilan oʻzaro janjallashib qoladi. Oqibatda fuqaro S.M. xoʻjalik pichogʻi bilan nikohidagi J.M.ni qasddan oʻldirgan.

Ushbu holat yuzasidan Oltinkoʻl tumani prokuraturasi tomonidan S.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va S.M. protsessual tartibda ushlanib, «qamoqqa olish« ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

“Jinoyat ishi boʻyicha olib borilayotgan tergov harakatlari alohida nazoratga olingan, tergov harakatlari davomida ishga oid barcha holatlar tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, — deyiladi Prokuratura xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер