Ozarbayjonda koronavirusdan ilk oʻlim holati qayd etildi

21:49 12 Mart 2020 Dunyo
882 0

Foto: РИА Новости

Erondan vataniga qaytgan va karantinga joylashtirilgan ozarbayjonlik ayol vafot etdi. Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasi huzuridagi tezkor shtab ma'lum qildi.

“Ayolda koronavirus infeksiyasi simptomlari aniqlangandi. U karantinga joylashtirilgandi, ammo ayolning hayotini saqlab qolishning iloji boʻlmadi“, — deyiladi shtab xabarida.

10-mart kuni Ozarbayjon hukumati mamlakatda Navroʻz bayrami tadbirlarini oʻtkazishni bekor qildi.

Avvalroq, Ozarbayjonda koronavirus yuqtirganlar soni 15 nafarga yetgani xabar qilingandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер