Ozarbayjon prezidenti Gʻalaba bayramida ishtirok etmaydi

23:28 18 Iyun 2020 Dunyo
1279 0

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatda karantin uzaytirilganligi sababli Moskvada 24-iyun kuni boʻlib oʻtadigan Gʻalaba bayramida qatnasha olmaydi. U bu haqda Rossiya prezidentiga telefon orqali muloqotida maʼlum qilgan.

“18-iyun kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qoʻngʻiroq qildi. Davlat rahbari respublikada karantin choralari uzaytirilganligi sababli Moskvada Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlab oʻtkaziladigan harbiy paradda qatnasha olmasligini afsus bilan maʼlum qildi”, - deyiladi Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Xabarda qayd etilishicha, bayram tantanalarida Ozarbayjon nomidan mamlakat mudofaa vaziri va 75 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etadi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning jurnalistlarga maʼlum qilishicha, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Moldova, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Serbiya va Xorvatiya davlati rasmiylari joriy yil tashkil etilayotgan Gʻalaba bayramida ishtirok etishini tasdiqlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер