Ozarbayjon oʻz hududida USAID yopilganini eʼlon qildi

18:14 06 Fevral 2025 Dunyo
315 0

Arxiv foto

Ozarbayjon Vashingtonni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning mamlakatdagi faoliyatini toʻxtatgani haqida rasman xabardor qildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ayxan Hojizoda maʼlum qildi.

“Amerika tomoni mamlakatdagi USAID faoliyati uchun qonuniy asos yoʻqligi va uning faoliyatini toʻxtatgani haqida rasman xabardor qilingan”, deydi diplomat. Qaror AQSHning oʻzida tashkilotning tarqatib yuborilishi fonida qabul qilingan.

Bungacha Ozarbayjonning APA axborot agentligi mamlakat tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramovning “Ularning faoliyatini toʻliq toʻxtatish vaqti allaqachon yetib keldi” degan soʻzlaridan iqtibos keltirgan holda USAID faoliyatini toʻxtatgani haqida xabar tarqatgandi.

AQSH prezidenti Donald Tramp lavozimga kirishgach, USAID faoliyatini cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Agentlik sayti ishlashni toʻxtatdi, X ijtimoiy tarmogʻida agentlikning milliondan ortiq obunachisi boʻlgan akkaunti oʻchirib tashlandi.

Oldinroq, Oq uy rahbari USAIDni aqldan ozgan radikallar boshqarishini aytib, ulardan qutulib, keyin qaror qabul qilinishini aytgandi.

Ilon Mask esa USAID jinoiy tashkilot ekani aytib, “Uning oʻlish vaqti keldi”, dedi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер