“Oʻzagroservis” korxonalari moliyaviy sogʻlomlashtiriladi

11:33 21 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
1678 0

Arxiv foto

“Oʻzagroservis” AJ korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

Qarorga muvofiq, “Avtosanoat Agrotexservis” MCHJ ustav jamgʻarmasidagi “Oʻzavtosanoat” AJ dilerlik tashkilotlarining ulushi “Oʻzagroservis” AJning ustav jamgʻarmasiga beriladi.

Tuman “Agrotexservis MTP” MCHJlarining “Oʻzavtosanoat” AJ dilerlik tashkilotlari oldidagi kafillik shartnomalari asosida amalda toʻlangan qismi boʻyicha qarzdorliklari hisobdan chiqarildi.

“Oʻzagroservis” AJ mashina-traktor parklari “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJning garov bilan taʼminlanmagan majburiyatlari boʻyicha kafilliklarini sugʻurta tashkilotlari polislariga almashtirish bilan bogʻliq sugʻurta xizmatlari haqi oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlashi taʼminlanadi.

“Oʻzagroservis” AJ va “Oʻzagrolizing” AJning tuman “Agrotexservis MTP” MCHJ va “Agrotexservis MTP” MCHJlarining “Oʻzagrolizing” AJ va “Oʻzmashlizing” MCHJ oldidagi lizing toʻlovlari boʻyicha qarzdorliklarini toʻlash muddati 2021 yil 1 sentyabrgacha uzaytirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер