“Oʻzagroinspeksiya” tomonidan oʻtgan olti oyda 115 mingga yaqin texnika majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazildi

18:56 05 Dekabr 2023 Jamiyat
419 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Inspeksiya axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva maʼlum qildi.

Hisobot davrida xoʻjalik yurituvchi subyektlarda 5 508 ta profilaktika tadbirlari oʻtkazilib, amaliy yordamlar koʻrsatilgan.

Bundan tashqari, inspektorlar tomonidan 48 873 ta monitoringlar oʻtkazilib, tashkilot va korxonalarga 25 162 ta ogohnoma kiritilgan.

Olti oyi davomida oʻtkazilgan 2 279 ta tekshirishda aniqlangan 4 987 ta qonunbuzilishi holati yuzasidan tashkilot va korxonalarning masʼul mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jarimalar qoʻllanilgan boʻlsa, 603 ta holat boʻyicha moliyaviy sanksiyalar hisoblangan.

“Oʻzagroinspeksiya” xodimlarining amaliy yordami bilan 887 ta holatda suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilari oʻrtasidagi nizoli holatlar bartaraf etildi, 1000 dan ortiq holatda suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlardagi suv isteʼmolchilariga suv yetkazib berishda koʻmaklashildi, 472 ta yaroqsiz holatga kelgan suv xoʻjaligi obyektlaridan behuda suv oqizib yuborilishi toʻxtatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер