Oʻtgan yarim yilda Pensiya jamgʻarmasi tizimida 3 292 holatda 5 718,3 mln. soʻmlik moliyaviy xatoliklar va ortiqcha pensiya toʻlovlari aniqlangan
Foto: Arxiv surat
AOKAda oʻtkazilgan brifingda Ichki audit va moliyaviy nazorat boʻlimi boshligʻi Dilshod Mirsaidov Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining ichki audit xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
Xatoliklar quyidagi yoʻnalishlarda yoʻl qoʻyilgan:
— “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun maʼlumotlarni xato shakllanishi natijasida 2 194 holatda 3 510,3 mln.soʻm;
— Davlat pensiya va nafaqalarining notoʻgʻri tayinlanishi va hisoblanishi natijasida 913 holatda 2 179,7 mln.soʻm;
— Hududlarda buxgalteriya hisobini yuritishda smeta-shtat va byudjet intizomining buzilishi natijasida 185 holatda 28,2 mln.soʻm.
Ushbu aniqlangan qonunbuzilish holatlarining barchasi huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring