Oʻtgan toʻrt haftada dunyoning 52 foiz mamlakatida COVID-19 umuman qayd etilmadi — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti soʻnggi toʻrt haftada dunyoning 52 foiz mamlakatida birorta ham COVID-19ga chalinish holati qayd etilmaganini maʼlum qildi.
Bu 234 ta davlatdan 122 tasida koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat toʻliq barqarorlashganini anglatadi.
Shunga qaramay, kasallik hali toʻliq chekingani yoʻq, joriy yil 26-iyundan 23-iyulga qadar 868 kishiga COVID-19 tashxisi qoʻyilgan. Ulardan 3 nafardan ortigʻi xastalik oqibatida hayotdan koʻz yumgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring