Oʻtgan oʻn oyda 213 ta traktor ishlab chiqarilgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida 213 dona traktor ishlab chiqarilgan.
Traktor ishlab chiqarish oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 66,2 % ga kamaygan.
Ishlab chiqarilgan traktorlar soni (yanvar-oktyabr oylarida):
— 2019-yil - 1 194 dona
— 2020-yil - 630 dona
— 2021-yil - 213 dona.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring