Oʻtgan olti oy mobaynida 60 744 nafar chet el fuqarosiga Oʻzbekistonga kirish vizalari berilgan
AOKAda oʻtkazilgan brifingda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Ahror Burhonov oʻtgan olti oyda amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
TIVga yanvar-iyun oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan 60 528 ta murojaat kelib tushgan, ulardan 18 259 tasi vazirlik Konsullik-huquqiy departamenti, 42 269 tasi esa chet eldagi vakolatxonalari orqali kelgan.
Hisobot davrida odam savdosi qurboni boʻlgan, yoki ishsiz, boquvchisiz qolganlar va boshqa murakkab ahvoldagi 523 nafar fuqaromiz Vatanimizga qaytarildi.
Pasporti ish beruvchilar tomonidan noqonuniy tarzda olib qoʻyilgan 133 nafar Oʻzbekiston fuqarosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar qaytarib olib berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring