Oʻtgan oyda mushtariylarni eng koʻp oʻqishga undagan kitob, gazeta va jurnallar maʼlum boʻldi
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining Adabiyotlarni berish va dispetcherlik xizmatiga foydalanuvchilar tomonidan kitoblar va vaqtli matbuot nashrlariga berilgan buyurtmalar oyma-oy tahlil etib boriladi.
Aynan shu tahlillar natijasiga koʻra, oʻtgan oyda kutubxonaga tashrif buyurgan mushtariylar eng koʻp mutolaa qilgan nashrlar maʼlum boʻldi. Quyida tahlil natijalari bilan tanishishingiz mumkin.
Oktyabr oyida eng koʻp oʻqilgan badiiy adabiyotlar top 5 taligi
1. “Alpomish” dostoni
2. Fyodor Dostoyevskiy – “Kambagʻallar”
3. Marsel Brion – “Menkim, sohibqiron — jahongir Temur”
4. Mixail Lermontov – “Zamonamiz qahramoni”
5. “Malikai ayyor” dostoni
Oktyabr oyida eng koʻp oʻqilgan gazetalar
1. “Xalq soʻzi“
2. “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ (Oʻzbekiston madaniyati)
3. “Qizil Oʻzbekiston“ (Sovet Oʻzbekistoni, “Oʻzbekiston ovozi“)
4. “Maʼrifat“
5. “Toshkent oqshomi“
Oktyabr oyida eng koʻp oʻqilgan jurnallar
1. “Teatr“
2. “Oʻzbekiston tarixi“
3. “Oʻzbek tili va adabiyoti“
4. “Muloqot“
5. “Gorniy jurnal“
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring