Oʻtgan yili Oʻzbekistondagi veb-resurslarga 11,2 milliondan ortiq kiberhujumlar uyushtirilgan
Bu haqda DXX huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
2023-yilda amalga oshirilgan kiberhujumlarning geografik jihatdan taalluqliligi tahliliga koʻra, Niderlandiya (759,5 mingta), AQSH (696,6 mingta), Rossiya (100 mingta), Germaniya (58 mingta), Hindiston (53 mingta) va Xitoy (51 mingta) hududidagi IP-manzillardan eng koʻp kiberhujumlar uyushtirilganligi kuzatilgan.
Davlat idoralari veb-resurslarida aniqlangan kiberxavfsizlik hodisalari oʻrganilganda veb-resurslarda mavjud boʻlgan quyidagi zaifliklar sababli yuzaga kelganligi kuzatildi:
— foydalanuvchi kontentini tekshirish va filtrlashning mavjud emasligi;
— kodlashdagi zaifliklar (PHP-plaginlari);
— csfr-zaifliklari;
— kross-brauzer zaifliklari va boshqalar);
— zaif parol himoyasi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring