O‘tgan yilda Toshkent viloyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirish hajmi 135 foizga o‘sib, 480 million dollarni tashkil qilgan

20:04 02 Avgust 2023 Siyosat
585 0

Yig‘ilishda o‘tgan yilda Toshkent viloyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirish hajmi 135 foizga o‘sib, 480 million dollarni tashkil qilgani ta’kidlandi.

Lekin bu ko‘rsatkich 8 ta tuman va shaharda 2021 yildagi hajmga ham yetmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, o‘tgan olti oyda investisiya dasturlari doirasida 240 million dollarlik 322 ta loyiha ishga tushirilib, 8 mingta ish o‘rni yaratildi.

Lekin ayrim tuman va shahar hokimlari faqat kichik va o‘rta loyihalarni amalga oshirish bilan cheklanib qolmoqda.

Misol uchun, O‘rtachirchiq, Chinoz, Qibray, Toshkent, Yangiyo‘l tumanlari va Nurafshon shahrida birorta ham yirik loyiha yo‘q.

Davlatimiz rahbari har bir tuman va shahar hokimiga 
yil yakuni bilan kamida 100 million dollardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya jalb qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер