Oʻtgan yilda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi qonun buzilishi holatlarining 31 foizi internet tarmogʻida sodir etilgan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Intellektual mulkni ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni 12-1-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida»gi qonun loyihasi ham muhokamalar markazida boʻldi.
Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq ishlar jaddallashganiga qaramay, ushbu sohada sodir etilayotgan huqubuzarliklar soni oshib bormoqda. Xususan, 2020-yil 81 ta qonunbuzilish holati aniqlangan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich 2021-yilga kelib 887 tani, 2022-yilda esa 1209 tani tashkil etgan.
Aniqlangan huquqbuzarlikning oʻziga xos jihati shundaki, ularning salmoqli qismi internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanilgan holda sodir etilmoqda.
Jumladan, 2022-yilda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi qonun buzilishi holatlarining 31 foizi internet tarmogʻida sodir etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring