Oʻtgan yilda 260,8 ming tonna qogʻoz va karton import qilingan
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekistonga 65 ta xorijiy davlatdan qiymati 390,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 260,8 ming tonna qogʻoz va karton import qilingan.
Qogʻoz va karton importi hajmi 2021-yil bilan solishtirilganda 29,6 ming tonnaga oshgan.
2022-yilda Oʻzbekiston eng koʻp qogʻoz va karton import qilgan davlatlar:
➖ Rossiya – 143,8 ming tonna
➖ Xitoy – 57,7 ming tonna
➖ Belarus – 12,5 ming tonna
➖ Finlyandiya – 11,9 ming tonna
➖ Germaniya – 8,3 ming tonna
➖ Shvetsiya – 4 ming tonna
➖ Ukraina – 3,6 ming tonna
➖ Turkiya – 3,4 ming tonna
➖ Polsha – 1,8 ming tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring