Oʻtgan ikki yilda 5 mingga yaqin mansabdor korrupsiyaviy jinoyatlar boʻyicha javobgarlikka tortildi — Prezident

12:33 20 Dekabr 2022 Siyosat
912 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezidentimiz eng dolzarb muammo boʻlgan korrupsiya masalasiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

“Oʻtgan ikki yilda 5 mingga yaqin mansabdor korrupsiyaviy jinoyatlar boʻyicha javobgarlikka tortildi. Lekin, ochiq aytish kerak, bu – masalaning sababi bilan emas, oqibati bilan kurashish”, - dedi u.

Davlatimiz rahbari deputat va senatorlar, mahalliy Kengashlar ham bong urib, aniq sohalarni tahlil qilib, korrupsiyani bartaraf etish boʻyicha faol boʻlishga chaqirdi, buning uchun ularda yetarli vakolat ham, shijoat ham borligini taʼkidladi.

Sunʼiy monopoliyaga, yopiq sxemalarga, umuman korrupsiyaga imkon beruvchi barcha boʻshliqlarga barham berilishi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер