Oʻtgan 8 oyda 514 mln dollardan oshiq elektrotexnika sanoati mahsulotlari eksport qilindi

18:32 07 Sentyabr 2022 Iqtisodiyot
1015 0

Foto: Arxiv surat

Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda «Oʻzeltexsanoat» uyushmasi axborot xizmati rahbari Namoz Tolipov maʼlum qildi.

Shuningdek, oʻtgan 8 oyda ishlab chiqarish hajmi ham 12 trln soʻmni tashkil etdi.

3 ta yirik klaster, jumladan, mis sanoati, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda innovatsion faoliyat yoʻnalishini tashkil etish ishlari yoʻlga qoʻyilgan.

4 ta yirik ishlab chiqaruvchilar qoshida “R&D” markazlarini tashkil etish rejalashtirilgan boʻlib, ularning umumiy qiymati 20 mlrd soʻmni tashkil etadi, shundan birinchi teng qismi (10 mlrd soʻm) korxona hisobidan, ikkinchi teng qismi (10 mlrd soʻm) Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер