Oʻtgan 7 oyda qancha qalampir eksport qilingani ochiqlandi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 19 ta xorijiy davlatlarga qiymati 5,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 6,2 ming tonna qalampir eksport qilgan.
Qalampir eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,8 ming tonnaga kamaygan.
2022-yilning 7 oyida Oʻzbekiston qalampir mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
— Qozogʻiston – 4 ming tonna
— Qirgʻiz R. – 706 tonna
— Rossiya – 502 tonna
— AQSH – 219,4 tonna
— Germaniya – 161 tonna
— Tojikiston – 148 tonna
Xorijga eng koʻp qalampir eksport qilgan hududlar:
— Surxondaryo viloyati – 1,6 ming tonna
— Fargʻona viloyati – 1,1 ming tonna
— Jizzax viloyati – 751 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring