Oʻtgan 6 oyda respublika boʻyicha yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan egallash bilan bogʻliq 5 968 ta (2 236,3 gektar) holat aniqlangan
AOKAda oʻtkazilgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Neʼmatjon Atamuratov oʻtgan 6 oy davomida yer va kadastr nazorati yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar tahlili haqida maʼlumot berdi.
Aniqlangan holatlar:
— qishloq xoʻjaligi yerlarida – 1 961 gektar;
— aholi punktlari yerlarida – 144 gektar;
— sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarda – 14,2 gektar;
— tabiatni muhofaza qilishga moʻljallangan yerlarda – 1,3 gektar;
— tarixiy madaniy ahamiyatga molik yerlarda – 3,7 gektar;
— oʻrmon fondi yerlarida – 23,2 gektar;
— suv fondi yerlarida 9,9 gektar va zaxira yerlarda 79,0 gektarni tashkil etadi.
Agentlik organlari tomonidan berilgan yozma koʻrsatmalar asosida 2 390 ta holatda 642,6 gektar maydondagi qonunbuzilishlarni ixtiyoriy bartaraf etilishi taʼminlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring