Oʻtgan 11 oyda 231 ta holat boʻyicha 12 mlrd 249 ming soʻmlik umuman sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlari boʻyicha talabnoma kiritilgan
Foto: Халқ сўзи
AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzyoʻlinspeksiya” axborot xizmati rahbari Komiljon Shamsiddinov yoʻl qurilishi sohasida aniqlangan qoidabuzarliklar va koʻrilgan qonuniy choralar haqida maʼlumot berdi.
Shundan 9 mlrd. 210 mln. soʻmdan ortiq 210 ta talabnoma ijrosi taʼminlandi.
Yaʼni shuncha miqdorga baholangan, lekin amalda sifatsiz bajarilgan qurilish va taʼmir ishlari – pudratchi, yaʼni quruvchilarning oʻz mablagʻlari hisobidan meʼyoriy hujjatlar talablari asosida qayta bajartirildi.
Shuningdek, “Oʻzyoʻlinspeksiya” tomonidan 168 ta avtomobil yoʻllaridagi koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash obyektlarida 1340-marta nazorat ishlari oʻtkazildi. Jarayonda aniqlangan mingdan ortiq xato-kamchiliklar joyida bartaraf etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring