Oʻta katta sigʻimli elektrobuslar 14-sonli “TTZ ASHB — Toshkent vokzali” avtobus yoʻnalishida xizmat koʻrsatishni boshladi
Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati maʼlum qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi 59-sonli qaroriga asosan, Toshkent shahri uchun xarid qilingan 200 dona oʻta katta sigʻimli “King Long” rusumli avtobuslarga ishlab chiqaruvchi zavod — “Xiamen King Long United Automotive Industry Co., Ltd” tomonidan bonus tariqasida qoʻshimcha ravishda 2 dona ”King Long“ elektrobuslari taqdim etilgan.
Hozirgi kunda, “King Long” rusumli elektrobuslarni test sinovlaridan oʻtkazish hamda ushbu elektrobuslarni boshqaruvchi haydovchilarni oʻqitib maxsus sertifikatlar bilan taʼminlash ishlari nihoyasiga yetkazilganligi munosabati bilan, mazkur oʻta katta sigʻimli elektrobuslar 2023-yil 6-dekabr kunidan boshlab, Jamiyatning “2-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 14-sonli ”TTZ ASHB — Toshkent vokzali” avtobus yoʻnalishida xizmat koʻrsatishi maʼlum qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring