Ostonada koʻp qavatli bino yonmoqda
Ostonadagi “Rixos Khan Shatyr Residences” turar-joy majmuasida yongʻin chiqqan. Mamlakatning Favqulodda vazirligi xabar berishicha, binoning 26 qavatidagi tashkilot yongan.
Koʻp qavatli binoda aholi yashaydigan xonadonlar, balki, maʼmuriy binolar ham boʻlgan. Qutqaruvchilar binodan 8 kishini olib chiqqan boʻlib, ulardan 1 nafari voyaga yetmagan bola ekanligi maʼlum.

Vazirlikka koʻra, hozircha qurbonlar haqida maʼlumot yoʻq.


Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring