Ostona shahrida Alisher Navoiyning haykali oʻrnatiladi
Foto: Arxiv surat
22-dekabr kuni Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari ikki mamlakat delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibi bilan muzokaralarni davom ettirdi.
Muzokaralar chogʻida Ostona shahri markazida buyuk oʻzbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykalini oʻrnatish boʻyicha qaror qabul qilindi.
“Bu umumiy tariximiz va madaniyatimizga katta ehtiromning yorqin tasdigʻi, qardosh xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik rishtalari abadiyligi ramzidir”, — dedi Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring