Osmondan oltin va kumush yog‘di
Rossiyadagi Yakutsk aeroportida “An-12” samolyoti havoga ko‘tarilayotgan paytda uning yukxonasi lyuki ochilib ketgan. Oqibatda mazkur transport vositasida olib ketilayotgan oltin va kumush quymalarining bir qismi tashqariga sochilib, uchish-qo‘nish yo‘lagiga to‘kilib tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu layner Kupol konidan Krasnoyarskka qimmatbaho metallarni olib ketayotgan bo‘lgan. Yakutskda esa yoqilg‘ini to‘ldirib olish uchun to‘xtagan. Bu haqida “Meduza” axborot manbasi xabar berdi.
Aniqlanishicha, ushbu hodisa yuklar samolyotga noto‘g‘ri joylanishi tufayli ro‘y bergan.
Ushbu boyliklarni qazib olgan Kanadaning “Kinross Gold” kompaniyasi vakili Stanislav Borodyukning aytishicha, tushib qolgan va umumiy og‘irligi 9 tonnaga teng oltin-kumush quymalarning barchasi yig‘ib olingan, shuning uchun sug‘urta xizmatiga murojaat qilishning hojati yo‘q. Samolyot bortidagi yetti nafar ekipaj a’zosi va ikki nafar kompaniya vakiliga zarar yetmagan. Yuk Chukotka tog‘-geologiya kompaniyasiga tegishli bo‘lgani aytib o‘tild
“Kinross Gold” dunyodagi eng yirik oltin qazib oluvchi kompaniyalardan biri bo‘lib, u Braziliya, Chili, Gana, Mavritaniya, Rossiya va AQShda mazkur yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirib kelayapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring