Osiyo oʻyinlari: Rayhona Qodirova raqibasini nokautga uchratdi
Foto: “Xalq so‘zi”
Osiyo oʻyinlarining boks boʻyicha bahslarining bugungi kun dasturidan oʻrin olgan ilk vakilamiz ringga koʻtarildi. -60 kg vazn toifasida harakat qilayotgan yurtdoshimiz Rayhona Qodirova qatarlik Dana al Jabborga qarshi bahs yuritdi. Quvonarlisi vakilamiz 1-raundning oʻzidayoq nokaut bilan gʻalaba qozondi va keyingi bosqichga yoʻl oldi. Oldinda bizni Hasanboy Doʻsmatov va Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev ishtirokidagi janglar kutib turibdi.






Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring