Oshqozon osti bezi saratonining ikkita dastlabki belgisi aniqlandi. Bu kasallikka erta tashxis qoʻyish imkonini berishi mumkin

00:25 11 Noyabr 2021 Dunyo
15356 0

Illyustrativ foto

Buyuk Britaniya olimlari oshqozon osti bezi saratoni bilan ogʻrigan bemorlarning tashxis maʼlumotlari asosida tadqiqotini oʻtkazib, ushbu xavfli kasallikning allaqachon maʼlum boʻlgan 21 ta alomati bilan bir qatorda yana ikkitasini aniqladilar. Bular tashnalik va peshob rangini qorayishi.

Ushbu belgilar, mualliflarning fikriga koʻra, odatda shifokorlar tomonidan kasallik haqida tashxis qoʻyilishdan ancha oldin paydo boʻladi. Oʻrganishlar natijalari Buyuk Britaniya Milliy saraton tadqiqot instituti konferensiyasida hisobot shaklida taqdim etilgan.

Oksford universiteti professori Julia Xippisli-Koks boshchiligidagi tadqiqotchilar QResearch elektron maʼlumotlar bazasidan foydalangan holda 2000-2017-yillarda oshqozon osti bezi saratoni tashxisi qoʻyilgan 24236 nafar ingliz bemori haqidagi maʼlumotlarni oʻrganib chiqishgan. Olimlar tashxis qoʻyishdan oldingi simptomlarni tahlil qilishga alohida eʼtibor qaratdilar va ularni nazorat guruhidagi belgilar bilan solishtirdi.

Oshqozon osti bezi saratonining eng keng tarqalgan turi boʻlgan kanal adenokarsinomasi (PDAC) uchun mualliflar 23 ta simptomni aniqladilar. Ularning eng koʻp tarqalgani terining sargʻayishi va oshqozon yoki ichakda qon ketishi boʻlgan. 

Boshqa alomatlar orasida diareya, qayd qilish, oshqozon buzilishi, qorin boʻshligʻidagi massalar, qorin ogʻrigʻi, vazn yoʻqotish, ich qotishi, koʻngil aynishi, oshqozon qizishi, isitma, charchoq, ishtahani yoʻqotish, qichishish, bel ogʻrigʻi kabilar boʻlib, ular orasiga ilgari nomaʼlum yana ikkita simptom — tashnalik va peshob rangining qorayishi qoʻshilgan.

Mualliflarning taʼkidlashicha, oshqozon osti bezi saratoni har qanday keng tarqalgan kasalliklar orasida eng past omon qolish darajasiga ega. Besh yillik omon qolish darajasi atigi yetti foizni tashkil qiladi. Afsuski, koʻpchilik odamlarda xastalik kech bosqichda aniqlanadi. Olimlar, tadqiqot natijalari kasallikni erta aniqlash imkonini berishiga umid qilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер