Oʻshdagi zilzila kuchi Andijonda sezildi
Illyustrativ foto
Qirgʻizistonning Oʻsh viloyatida 3,7 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 21-iyul kuni soat 10:38 da Oʻsh viloyatida 4 balli yer qimirlashi qayd etilgan.
Zilzila magnitudasi 3,7 ga teng, silkinish 10 km chuqurlikda yuz bergan. Uning epitsentri Toshkentdan 348 km janubiy-sharqda joylashgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Xonobod tumanida 2-3 ball, 29 km;
- Qoʻrgʻontepa tumanida 2 ball, 36 km.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring