“Orzu daraxti” tilaklarni roʻyobga chiqaradi

15:14 22 Iyun 2020 Jamiyat
1419 0

Yoshlar oyligi doirasida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi tadbir shunday nomlandi. Viloyatdagi kasalxonalarda davolanayotgan 250 nafar bolalar ushbu loyiha ishtirokchisiga aylandilar. Ular oʻz istaklarini kichkina qogʻozchaga yozib “Orzu daraxti”ga ilib qoʻyishdi. Koʻp oʻtmay bolajonlar orzusi ushaldi, loyiha tashkilotlari tomonidan ularga kompyuter, planshet, oʻyinchoqlar va kitoblar sovgʻa qilindi.

— “Orzu daraxti” tilagimni roʻyobga chiqarganidan juda xursandman, - deydi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiy markazi Xorazm filialida davolanayotgan Charos Aminboyeva. — Menga sovgʻa qilingan planshet karantin davrida onlayn dars mashgʻulotlarida qatnashish va mavzularni puxta oʻzlashtirishda juda asqatadi. Yangi oʻquv yili boshlanishigacha sogʻligimni tiklab olishga va kelgusida faqat aʼlo baholarga oʻqishga harakat qilaman.

Odilbek Odamboyev,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер