Oʻrta Chirchiq tumaniga yangi hokim tayinlandi

18:14 09 Aprel 2022 Jamiyat
1488 0

Xalq deputatlari Oʻrta Chirchiq tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrildi.

Oʻrta Chirchiq tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan Nurmatov Olimjon Rahimjanovich sogʻligi yomonlashgani tufayli vazifasidan ozod etildi.

Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Qosimov Ixtiyor Rustamovich tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

I. Qosimov 1986-yilda Yangiyoʻl tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat Iqtisodiyot Universiteti hamda Prezident boshqaruv Akademiyalarini tamomlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер