Oromgohlarni majburiy sertifikatlashtirilishi talab etilmasligi belgilanmoqda — qonun loyihasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda muhokama qilindi.
Ushbu qonun loyihasi bilan kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarini bolalarning dam olish mavsumidan tashqari vaqtda dam olish maskanlari sifatida foydalanishini tashkil etish va bundan olinadigan daromadlari boʻyicha maʼlum bir muddatga foyda soligʻidan ozod etilishi belgilanmoqda. Bundan tashqari, oromgohlarni majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi talab etilmasligi belgilanmoqda.
Qonun loyihasining abul qilinishi kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlaridan yil davomida samarali foydalanish va ularning moliyaviy barqarorligini taʼminlash orqali ularda bolalarga yaratiladigan shart-sharoitlarni yaxshilash, bolalarni sogʻlomlashtirish boʻyicha ishlar samaradorligini oshirish hamda yoʻllanmalar narxlarini barqarorlashtirishga xizmat qiladi.
Qizgʻin bahs-munozaralardan soʻng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring