Oʻquvchilar IT-parkda ochiq darslarga jalb qilinmoqda
Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida Fargʻona viloyatidagi taʼlim muassasalari oʻquvchilari ishtirokida “IT sohasi va kelajak kasblari” mavzusida ochiq darslar tashkil etilmoqda.
Margʻilon shahrida joylashgan viloyat IT-parkda Toshloq tumani maktablaridan kelgan 100 nafarga yaqin oʻquvchilar ishtirokida yuzma-yuz muloqot oʻtkazildi. Unda barkamol avlod vakillari ushbu sohada tajribali mutaxassislar bilan suhbatlashib, oʻquv kurslari faoliyatini bevosita kuzatish imkoniga ega boʻlishdi.

— Oʻzaro kelishuv asosida barcha shahar-tumanlar oʻquvchilari ishtirokida viloyat IT-parkda muntazam ravishda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazib boriladi, — deydi Fargʻona viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Odiljon Jalolov. — Shu tariqa viloyatda ushbu yoʻnalishda isteʼdodli yoshlarni aniqlash hamda ularning bilim va gʻoyalarini faol qoʻllab-quvvatlash maqsad qilingan.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring