O‘quvchi podshoh xazinasini topib oldi

13:37 18 Aprel 2018 Dunyo
2175 0
Foto: MK

Topilmalar orasida kumush tangalar, marvarid va taqinchoqlar bor.

Xazinaga Boltiq dengizidagi Germaniyaning Ryugen orolida tadqiqot ishlarini olib borayotgan 13 yoshli o‘quvchi Luka Malashnichenko va uning o‘qituvchisi Rene Shon duch kelgan. Metall detektor yordamida ular avvaliga yaltiroq buyum topishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu qadimgi kumush tanga ekan.

Keyinchalik professional tadqiqotchilar orolga arxeologik ekspeditsiya uyushtirdilar. Natijada haqiqiy xazina – kumush chaqalar, dur, uzuklar, bilaguzuklar, jami 600 ta predmet qo‘lga kiritildi. 

Tarixchilar ushbu topilma Xarald I Ko‘ktish nomi bilan tanilgan Daniya va Norvegiyaning afsonaviy qiroli Xarald Gormssonga tegishli ekanligini taxmin qilishayapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер