Oqqoʻrgʻon tumanida paxta terimi boshlandi
Bugun, 9-sentyabr kuni Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumanidagi “Qahramon” hududida paxta yigʻim-terimi boshlandi.
Viloyat qishloq xoʻjaligi mutaxassislarining taʼkidlashicha, joriy yilda paxtadan moʻl hosil yetishtirishga muvaffaq boʻlindi. Gʻoʻzaning serhosil, ertapishar, turli kasallik va zararkunandalarga chidamli “S- 6524”, “Sulton”, “Namangan -77”, “Porloq”, “Buxoro -102” navlari parvarishlandi.
Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati maʼlumotlariga koʻra, viloyatda bu yil 73 ming gektar maydonda gʻoʻza parvarish qilingan boʻlib, har bir gektar maydondan 31, 5 sentnerdan qimmatbaho sanoat xomashyosi yetishtirish koʻzda tutilgan. Jami 229,6 ming tonnalik paxta xirmoni bunyod etish rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Hukumat qarori bilan 2020-yilda yetishtirilgan paxta xomashyosi yigʻim-terimini tashkil etishda:
mashinada terilgan 1 t paxta uchun – 920 000 soʻm xizmat haqi toʻlash;
qoʻlda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda – 1000 soʻmdan, ikkinchi terimda – 1400 soʻmdan kam boʻlmagan mehnat haqi toʻlash;
paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalari ushbu narxlardan kam boʻlmagan holda mustaqil narx belgilashlari;
paxta xomashyosi uchun mehnat va xizmat haqini har 5 kunda, zarurat boʻlganda, har kuni toʻlash tavsiya etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring