Oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

11:14 08 Fevral 2024 Jamiyat
365 0

Bosh prokuratura huzuridagi huzuridagi Departamentning Karmana tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Sh.A.” MCHJ rahbari Sh.T. fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, uni qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasidagi universitetga 2-bosqichdan oʻqishga kiritib qoʻyishi hamda oʻqishini Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasasiga koʻchirib berishi evaziga 2 000 AQSH dollari va 20 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер