Oqdaryoda zamonaviy issiqxona bunyod etildi
Oqdaryo tumanining Baraka massivida tadbirkor Ravshan Burxanov rahbarligidagi “Samarkand Seoul Trade” MCHJ qoshida umumiy maydoni 1 gektar boʻlgan zamonaviy usuldagi issiqxona bunyod etildi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmatining maʼlumotiga koʻra, mazkur inshootning loyiha qiymati 13,4 milliard soʻm boʻlib, shundan 3,5 milliard soʻm tadbirkorning oʻz mablagʻi va 980 ming AQSH dollari xorijiy bank krediti hisoblanadi. Issiqxona qurilishi uchun joriy yilning birinchi choragida Janubiy Koreya davlatidan asbob-uskuna va jihozlar keltirilgan.
Loyiha quvvati yiliga 100 tonna sabzavot mahsulotlari yetishtirishga moʻljallangan ushbu issiqxonada 10 kishini doimiy ish oʻrni bilan taʼminlash koʻzda tutilgan.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring