Oq uy rahbari ijtimoiy tarmoqlarning halokatli xatosi haqida gapirdi
Ijtimoiy tarmoqlar odamlarni ajratib tashlab, halokatli xatoga yoʻl qoʻymoqda, deb hisoblaydi AQSH prezidenti Donald Tramp.
“Ular juda katta xato qilishyapti. Ular odamlarni boʻlib tashlayapti va adovat urugʻini sepmoqda, ular men uzoq vaqtdan beri aytib kelayotganimni yaqqol namoyish etayotir”, — degan Oq uy rahbari.
Esingizda boʻlsa, “zoʻravonlikka bundan keyin ham undash xavfi borligi” munosabati bilan Twitter Trampning akkauntini muzlatib qoʻygandi. Boz ustiga, joriy haftada Facebook, Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlar ham prezident manzillarini turli muddatlarga yopib qoʻydi. AQSH davlat rahbarining 6-yanvar kuni Kongress binosiga bostirib kirgan namoyishchilarga murojaati bunga sabab qilib koʻrsatildi. Oʻshanda Tramp isyonchilarni tinch yoʻl bilan harakat qilishga chaqirgan, soʻngra ularni haqiqiy vatanparvarlar deb atab, prezident saylovlari soxtalashtirilgani haqida bayonot berishda davom etgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring