Oq uy Donald Trampning hibsga olinishi tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tartibsizliklarga tayyor

01:08 05 Aprel 2023 Dunyo
917 0

Foto: Reuters

AQSH prezidenti maʼmuriyati sobiq davlat rahbari Donald Trampning hibsga olinishi tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tartibsizliklarga tayyor, biroq bunga eʼtibor qaratmaydi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer birifingda aytib oʻtdi.

“Prezident har kuni boʻlgani kabi Amerika xalqining ahvoliga eʼtibor qaratish niyatida. Bu [Tramp ishi] uning diqqat markazida emas”, dedi u.

Avvalroq, AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp AQSHda hibsga olingani haqida xabar berilgandi.

Hibsga olish unga qarshi ayblovlar qoʻyilmaguncha davom etadi.

Manxetten okrugi prokurori Elvin Bregg idorasi AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga qoʻyilgan 34 ta ayblovni jinoiy ayblovlarga qayta tasnifladi.

Qayd etilishicha, Nyu-York shtatida biznes yozuvlarini qalbakilashtirish qonunbuzarlik sifatida baholanishi mumkin. Bunday qaror Oq uyning sobiq rahbarining harakatlari boshqa jinoyatni yashirishga qaratilganligi sababli qabul qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер