Oq ayiqlar qishloq atrofida toʻplanishmoqda

14:16 06 Noyabr 2018 Dunyo
2098 0

Bir guruh oq ayiqlar bolalari bilan Chukotka oʻlkasi Rirkaypiy qishlogʻi yaqinida paydo boʻlgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Mazkur qishloq orqali oq ayiqlarning koʻchish yoʻli oʻtadi. Ushbu hududda katta va kichik yoshli jonivorlarning vaqtinchalik yigʻilishiga sabab ular muz kelishini kutyapti. Lekin shu paytda ular qiziquvchanligi tufayli qishloqqa oralashi ham mumkin. Aholi xavfsizligini taʼminlash uchun “Ayiqlar patruli” guruhi shovqinli qurilmalar yordamida yirtqichlarni muntazam qoʻrqitib, haydab turishibdi. Shuningdek, qirgʻoq boʻyida oʻlgan morjlarning tanalari qishloqdan uzoqqa, ayiqlarni chalgʻitish uchun olib borib tashlanmoqda.

Oʻtgan yili ham shu paytda bir guruh oq ayiqlar muz kelishini kutib ushbu qishloq yaqinida toʻplanishgandi. Bu safar ularning soni birmuncha koʻp – 20 tani tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер